Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

2024 yilda NATO'ning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami qancha?

2024 yilda NATO'ning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami qancha?

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte alyans a’zolari 2024 yilda Ukrainaga xavfsizlik sohasiga 50 milliard yevrodan ortiq yordam berganini tasdiqladi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansining matbuot kotibi vazifasini vaqtincha bajarayotgan Elison Xart xabar berdi.

Xartning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaning NATO'dagi hamkorlari iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan alyans sammitida olgan majburiyatlarini ortig‘i bilan bajartshgan. O‘shanda ular 2024 yilda Ukrainaga kamida 40 milliard yevro miqdorida harbiy yordam berishni va’da qilgan edilar.

NATO Bosh kotibi ma’lumotlariga ko‘ra, yakuniy summaning yarmidan ko‘pi Yevropa ittifoqchilari va Kanada tomonidan ajratilgan.

13 fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishidan oldin NATO'ga a’zo davlatlarga Ukrainaga xavfsizlik sohasida ko‘rsatilgan yordam bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

Kiritildi: 14:25 12.02.2025. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!