«Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi «2024 yil yakunlari mamlakat fuqarolarining tasavvurida» nomli sosiologik so‘rov o‘tkazishni boshladi. 2024 yil yakunida mamlakat fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy hayotga nisbatan munosabatini o‘rganish maqsadida keng qamrovli so‘rov o‘tkazmoqda. Bu tadqiqot orqali jamiyatning o‘tgan yil davomidagi eng muhim voqealari va yutuqlariga bo‘lgan munosabati, shuningdek, yangi 2025 yilga qaratilgan asosiy kutuvlarini o‘rganishga qaratilgan.
Mazkur so‘rovnomada 2024 yilning shaxsan siz uchun qanday bo‘lgani haqida, mazkur yilda o‘z shaxsiy reja va maqsadlaringizni amalga oshirilishi darajasi qanchalik bo‘lgan, 2024 yilda O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli yo‘nalishlar qaysilar bo‘ldi deb hisoblaysiz, sizningcha qanday muammolar dolzarbligicha qolmoqda kabi savollarga jamoatchilikning fikr-mulohazalari o‘rganiladi.
2024 yilning o‘ziga xosliklari nimalarda bo‘lganligi «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirilgan dasturlarning natijalari, davlat islohotlarining ijtimoiy hayotga ta’siri, infratuzilma, iqtisodiyot va innovasiyalar sohasidagi rivojlanish ko‘rsatkichlari qay darajadaligi haqida jamoatchilikning fikri qandayligi o‘rganiladi.
Ushbu tadqiqot fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, ularning kutuvlari va qiziqishlarini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. U orqali davlat hokimiyati idoralari jamiyat ehtiyojlarini yanada samarali qondirish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantiradi.
Shu bilan birga mamlakatimiz fuqarolarining yangi 2025 yildan umidlari va kutuvlari, fuqarolarimizning fikricha kirib kelayotgan yangi yilda jamiyatimizda birinchi navbatda qaysi sohani rivojlantirish kerak? Bandlik va iqtisodiy barqarorlik, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirish, ekologik muammolarni hal etish yoki texnologiyalarni rivojlantirish singari asosiy yo‘nalishlar qay darajada muhim? Yangi yil siz uchun qanday o‘zgarishlar va imkoniyatlar olib kelishini kutyapsiz? kabi dolzarb va umidli savollarga javob olish maqsad qilingan.