Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

2023 yilgi zakot, fitr-sadaqa va fidya miqdori ma’lum bo‘ldi

2023 yilgi zakot, fitr-sadaqa va fidya miqdori ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2023 (hijriy 1444) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi.

Zakot nisobi
Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 585 probali 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 420 000 (to‘rt yuz yigirma ming) so‘m ekani e’tiboridan, bu yilgi ZAKOT nisobi 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m deb belgilandi.
Shunga ko‘ra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bo‘lgan musulmon kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni ajratib, uni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

Fitr sadaqasi va fidya miqdori
Fitr sadaqasining miqdori bug‘doydan yarim so’ (≈ 2 kg.), arpadan bir so’ (≈ 4 kg.), mayizdan yarim so’ (≈ 2 kg.) va xurmodan bir so’ (≈ 4 kg.)dir.
Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning bozordagi o‘rtacha narxlari 1 kg. bug‘doy – 6 ming, 1 kg. arpa – 5 ming, 1 kg. mayiz – 50 ming va 1 kg. xurmo – 45 ming so‘m ekanligini inobatga olib, bu yilgi FITR sadaqasi quyidagicha etib belgilandi:

— bug‘doydan ≈ 2 kg. 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
— arpadan ≈ 4 kg. 20 000 (yigirma ming) so‘m;
— mayizdan ≈ 2 kg. 100 000 (yuz ming) so‘m;
— xurmodan ≈ 4 kg. 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

FIDYa miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.
Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini va fidya miqdorini bersa kifoya qiladi.

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Kiritildi: 18:10 24.03.2023. O'qildi: 4804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!