2023 yilda amalga oshirilgan 1,37 trillionlik xorijiy investisiya oqimi 2022 yildagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda juda kam o‘sishni namoyon etdi, deyiladi BMTning savdo va taraqqiyotga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyasida o‘qilgan ma’ruzada.
Global investisiya o‘sishiga dunyodagi umumiy iqtisodiy noaniqliklar va ko‘plab mamlakatlarda foiz stavkalarining o‘sishi ta’sir qildi, deyiladi hisobotda. Yevropaning ayrim mamlakatida ijobiy tendensiyalar kuzatilganiga qaramay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan xorijiy investisiyalarning global oqimi 18 foizga kam bo‘lgan.