Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

2023 yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,3 foizga bajarildi

2023 yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,3 foizga bajarildi

2023 yilda magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt soat elektr energiyasi uzatilib, reja 101,3 foizga bajarildi.

AOKAda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2023 yildagi faoliyati sarhisobi hamda 2024 yilda amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalari ma’lumot berdi.

✔️Afg‘onistonga 91,2 mln dollar elektr energiyasi eksporti va 9,6 mln dollar miqdorida elektr energiyasining tranzit xizmatlari amalga oshirildi.

✔️Modernizasiya dasturi doirasida 7 ta podstansiyada 1452,3 MVA qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati yaratildi.

✔️2023 yilda 10 ta loyiha investor kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jalb qilinib, umumiy quvvati 1750 MVt yangi elektr stansiyalari qurilib ishga tushirildi.

🟢2024 yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan umumiy loyiha qiymati 1 915,7 mln dollarga teng bo‘lgan 23 ta investisiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

🟢Magistral elektr tarmoqlarida umumiy quvvati 736 MVA bo‘lgan 9 dona kuch transformatori, 31 dona 110–220–500 kV kuchlanishli o‘chirgichi, 4 dona kompressor qurilmasi va 848,25 km uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.

🟢Eksport ko‘rsatkichlari 111,8 mln dollar miqdorida prognoz qilinmoqda.

Kiritildi: 18:11 29.03.2024. O'qildi: 678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!