Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo‘limi 2023 yil yakunida dunyo aholisi soni 8 milliardga yetishini taxmin qilmoqda.
Hindistonda aholining o‘sish sur’atlari yuqori, mamlakat 2023 yil o‘rtalariga kelib Yer yuzidagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylanishi kutilmoqda.
Ayni paytda Xitoyda aholi sonining o‘sishi butunlay to‘xtadi, BMT yaqin tarixda birinchi marta mamlakatda aholi soni qisqarishini bashorat qilmoqda.
Osiyo hozirgacha Yer yuzidagi eng gavjum qit’a va dunyodagi bir qancha aholisi ko‘p davlatlar: Indoneziya, Pokiston, Yaponiya va Bangladeshning vatani hisoblanadi. Bu dunyodagi 12 yirik davlatning yarmini osiyoliklar egallay olishini anglatadi.
BMT hisoblariga ko‘ra, Osiyo aholisi 2055 yilda eng yuqori cho‘qqisiga — 5,3 milliardga yetadi. Taxminlarga ko‘ra, Lotin Amerikasi aholisi soni bu vaqtda taxminan 752 millionga yaqin bo‘ladi. Afrika va Shimoliy Amerika aholisi o‘sishda davom etishi kutilmoqda, Yevropa aholisi esa kamayib bormoqda.