Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilgacha haydovchilik guvohnomasi olganlar majburiy va bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu ma’lumotlarni rad etib, ularning hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bildirdi hamda fuqarolarni yolg‘on axborot tarqatmaslikka chaqirdi.