Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

2021 yilda AQShda to‘g‘ilish soni 7 yilda ilk bor oshgan

2021 yilda AQShda to‘g‘ilish soni 7 yilda ilk bor oshgan

«Kazinform» agentligining yozishicha, AQSh sog‘liqni saqlash milliy statistika markazining Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi hisobotida keltirilishicha, 2021 yilda mamlakatda 3 million 664 ming 292 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2020 yil bilan taqqoslaganda 1 foizga ko‘p.

Ushbu raqam AQShda 2014 yildan buyon ilk bor tug‘ilish ortganini bildiradi. Masalan, 2014 yildan to 2019 yilgacha tug‘ilish yiliga 1 foizdan kamayib borayotgan edi, 2019 yildan 2020 yilgacha esa tug‘ilish 4 foizga kamaygani kuzatilgan. Xabarda bunga pandemiya va iqtisodiy mavhumlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Jug‘rofiy taqsimot bo‘yicha tug‘ilish 2020 yildan 2021 yilgacha mamlakatning 16 ta shtatida o‘sgan. Ayniqsa, Konnektikut, Massachusets va Nyu-Gempshirda tug‘ilish yuqori, ya’ni 5 foizdan 6 foizgacha bo‘lgani aytilmoqda. 

Kiritildi: 09:33 03.02.2023. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!