Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2020 yildan boshlab uy-joylar uchun dastlabki badallar yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi

2020 yildan boshlab uy-joylar uchun dastlabki badallar yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori (760-son, 11.09.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi (hozirga qadar boshlang‘ich badal O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘liq to‘lab berilgan).

Shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5 yil nihoyasiga yetgach keyingi butun muddat uchun hisoblangan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘i hisobiga to‘lanadi.

✅ 2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun:

?  dastlabki badallar hamda kredit bo‘yicha birinchi besh yildan keyingi foiz to‘lovlari yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;

? kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Kiritildi: 10:48 12.09.2019. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!