Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

2016 yilgi AQSh prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ish tufayli FQB va MQBning sobiq rahbarlariga qarshi tergov boshlandi — OAV

 2016 yilgi AQSh prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ish tufayli FQB va MQBning sobiq rahbarlariga qarshi tergov boshlandi — OAV

Xabar berilishicha, Qo‘shma Shtatlarda Markaziy razvedka boshqarmasining (MQB) sobiq direktori Jon Brennan va Federal qidiruv byurosining (FQB) sobiq rahbari Jeyms Komilarga qarshi 2016 yilda AQSh prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha ish yuritish jarayonida yo‘l qo‘yilgan ehtimoliy qonunbuzarliklar sababli jinoiy tergov boshlandi.

Dastlab bu haqda Fox News AQSh Adliya vazirligidagi manbalariga tayanib xabar berdi, keyinroq vazirlik tergov boshlanganini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni oshkor etmadi, deb yozadi The Washington Post.

Amerika matbuotining yozishicha, tergov doirasida Jon Brennan Kongressda yolg‘on ko‘rsatma berganini aniqlash rejalashtirilmoqda. Ommaviy axborot vositalari manbalariga ko‘ra, tergovni boshlash uchun zarur materiallar iyul oyi boshida MQBning yangi rahbari Jon Retklif tomonidan FQBga topshirilgan.

FQBning sobiq rahbari Jeyms Komiga qanday ayblovlar qo‘yilayotgani hozircha noma’lum. Fox News'ning ikki manbasiga ko‘ra, FQB Brennan va Komi o‘rtasidagi aloqalarni “fitna harakati” sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq AQSh rasmiylari 2016 yilgi prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha tergov olib borishgandi. Bu ishni olib borgan maxsus prokuror Robert Myuller Rossiyaning saylovga aralashganini, biroq Donald Tramp va uning shtabi bilan til biriktirmagani to‘g‘risida xulosaga kelgan edi. Rossiya vakillari esa doimo Qo‘shma Shtatlardagi saylovga aralashuv bo‘yicha ayblovlarni rad etib kelgan.

Kiritildi: 14:13 10.07.2025. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!