2024 yil 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va uning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘istonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda Qozog‘istondan O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan yonilg‘i (benzin) mahsulotlarini olib o‘tadigan transchegaraviy jinoiy guruh fosh qilindi.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan qoramol fermasi ko‘zdan kechirilganida, Qozog‘iston hududidan O‘zbekiston hududiga "benzin" yonilg‘i mahsulotlarini noqonuniy o‘tkazishga mo‘ljallangan, taxminan 500 metr uzunlikdagi “yashirin quvur” borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holatga aloqador bo‘lgan shaxslar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.