Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

2 ta “Yutong” elektrobus haydovchisining qoidabuzarligi oqibatida elektrobusga texnik shikat yetdi

A A A
2 ta “Yutong” elektrobus haydovchisining qoidabuzarligi oqibatida elektrobusga texnik shikat yetdi

Joriy yilning 7 fevral kuni soat 12:00da, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Tashkent Land" guruhida, 2 ta “Yutong” rusumli elektrobus haydovchisining qoidabuzarligi oqibatida elektrobusga texnik shikat yetganligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

🔹Mazkur holat yuzasidan, «Toshshahartransxizmat» AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ushbu holat bugun soat 11:00 larda kuzatilgan bo‘lib, bunda «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli, davlat raqami 01/ 097 MKA bo‘lgan 28-sonli yo‘nalish haydovchisi X.A avtobusni Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, «Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi» bekatiga to‘xtayotgan vaqtida, shu bekatda to‘xtab yo‘lovchi tushirayotgan «5-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi “Yutong” rusumli, davlat raqami 01/ 086 NKA bo‘lgan 44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida 28-sonli avtobusning o‘rta eshik qismi hamda 44-sonli avtobusning chap tomon orqani ko‘rish oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan. Sodir etilgan to‘qnashuvda tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma’lum qilindi.

Kiritildi: 15:41 07.02.2024. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!