Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

19 yoshli sportchi fojia qurboni bo‘ldi

A A A
19 yoshli sportchi fojia qurboni bo‘ldi

Shveysariyalik motosikl poygachisi Jeyson Dyupaskye 19 yoshida vafot etdi. Bu haqda motopoyga bo‘yicha Jahon chempionati saytida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, Moto3 sinfida qatnashgan sportchi avtohalokatda olgan jarohatlaridan vafot etgan. To‘qnashuv 29 may kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan chempionatning saralash bosqichi paytida yuz berdi. Poyga davomida Dyupaskye motosikldan yiqilib, orqasida ketayotgan raqibi Ayumu Sasakining g‘ildiraklari ostida qolib ketgan.

Jeysonga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga yetkazilgan va u yerda vafot etgan.

Kiritildi: 17:16 30.05.2021. O'qildi: 3286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!