Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

+18. 18 yoshli qiz bir kunlik chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi va hojatxonaga tashlab yubordi (VIDEO)

A A A
+18. 18 yoshli qiz bir kunlik chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi va hojatxonaga tashlab yubordi (VIDEO)

Ukrainaning Xarkov viloyatida yashovchi 18 yoshli qiz shu hafta uyida qiz tug‘ib, bir kundan keyin uni bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadni hojatxonaga tashlab ketgan. Bu haqda 29 yanvar, shanba kuni polisiya ma’lum qildi.

«Men uning og‘zi va burnini yopdim. U yig‘lamadi. U bir zumda tinchlandi va o‘ldi», dedi u huquq-tartibot xodimlariga.

Ayol 25 yoshli turmush o‘rtog‘iga u yo‘qligida bolani ijtimoiy xizmatlarga topshirganini aytgan. Ammo keyin ayolning qaynonasi chaqaloqning jasadini topib olgan va polisiyaga xabar bergan.

Xarkov tumani IIB 3-sonli tergov-tezkor guruhi mazkur manzilga yo‘l oldi. Polisiyachilar voqea joyini ko‘zdan kechirib, dalillarni qo‘lga kiritdi. Qayd etilishicha, oilada hali ikki yoshga to‘lmagan katta farzand ham bor.

Ayolga qasddan odam o‘ldirish moddasi (Ukraina Jinoyat kodeksining 115-moddasi 2-qismi 2-bandi) bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgani haqida ma’lum qilingan. Ushbu moddaning sanksiyasi bo‘yicha eng yuqori jazo 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.

Hozirda jinoyatchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.

Kiritildi: 22:37 29.01.2022. O'qildi: 9758 marta. Fikrlar soni: 14 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!