Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

17 yoshli yigit vaksina tufayli ota-onasini sudga berdi

17 yoshli yigit vaksina tufayli ota-onasini sudga berdi

Italiyaning Florensiyasida 17 yoshli bola advokatlarga murojaat qildi, chunki ota-onasi unga koronavirusga qarshi vaksina olishni taqiqlagandi. Bu haqda RIA Novosti 22 iyun, seshanba kuni Toskana oilaviy huquqshunoslar assosiasiyasiga asoslanib xabar berdi.

O‘spirin so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi unga emlash uchun yozma ruxsat bermaydi.

"17 yoshli bola sifatida u to‘g‘ridan-to‘g‘ri advokat tanlay olmaydi va ota-onasidan ruxsatsiz vaksina qabul qila olmaydi", dedi assosiasiya vakili Janni Baldini.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bolaning ota-onasi vaksinalarni xavfli deb hisoblamoqda.

"Ariza sudga yetib bormaguncha men ota-onalar bilan ularning fikrlari o‘zgarishi uchun gaplashishga harakat qilaman. Aks holda, ish voyaga yetmaganlar sudiga o‘tkaziladi va prokuraturadan maxsus kurator tayinlanadi", - deya tushuntirdi advokat.

Advokat shunga o‘xshash ishlar Italiyada tez-tez sodir bo‘la boshlaganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 22:23 22.06.2021. O'qildi: 2776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!