Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

17 may sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

A A A
17 may sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

1215 yil— Britaniya baronlari qirol Jon Laklendga qarshi qo‘zg‘olon paytida Londonni egallab olishgan;

1497 yil— Vasko da Gama Hindiston sohillariga yetib borgan;

1718 yil— ingliz advokati Jeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyot (Pakl quroli)ni patentlagan;

1787 yil —kuchli shamol tufayli qullar Afrikadan Kubaga etkazilayotgan "Sisters" ingliz kemasi ag‘darilib ketgan, 300 ga yaqin odam halok bo‘lgan;

1792 yil— Uoll-strit— Nyu-York fond birjasiga asos solingan;

1808 - imperator Napoleon I katolik cherkovi rahbari dunyoviy hokimiyatdan mahrum bo‘lganligi va Rim va Papaning barcha mol-mulki Fransiya imperiyasiga qo‘shilganligi to‘g‘risida farmon chiqardi.

1814 yil— yangi mustaqil Norvegiyada birinchi konstitusiya qabul qilingan;

1848 yil— Avstriya imperatori Ferdinand I inqilobdan yashiringan holda Venadan Insbrukka qochib ketgan;

1849 yil— Sent-Luisning (Missuri, AQSh) 15 ta blok va doklari yong‘in natijasida yo‘q qilingan;

1865 yil— Xalqaro elektraloqa ittifoqiga asos solingan;

1877 yil— Dunyodagi birinchi telefon kommutatori Boston ofisida o‘rnatilgan;

1885 yil —Germaniya Shimoliy Yangi Gvineyani bosib olgan;

1900 yil —Ikkinchi Bur urushi: Buyuk Britaniya qo‘shinlari tomonidan Mafeking qamali;

1928 yil— IX yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilgan; Musobaqalar Niderlandiyaning poytaxti Amsterdamda 1928 yil 17 maydan 12 avgustgacha bo‘lib o‘tgan;

1939 yil —Angliya qiroli Jorj VI va qirolicha Yelizaveta Kvebekka kelishgan; Birinchi marta hukmronlik qilayotgan monarx Kanadaga tashrif buyurgan;

1940 yil — fashist qo‘shinlari Belgiya poytaxti Bryusselni egallab olishgan:

1944 yil — Qrim ASSRning tugatilishi. Bir kechada, 18 may kuni Qrimdan 200 mingga yaqin qrim tatarlari Markaziy Osiyo, Ural va Yuqori Volga mintaqalarida joylashish uchun olib ketilgan;

1954 yil —AQSh Oliy sudi maktablarda irqiy ajratishni noqonuniy deb topgan;

1983 yil —Isroil va Livan o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan;

1987 yil — Eron-Iroq urushi: Fors ko‘rfazidagi «Stark» frekatiga oid voqea yuz bergan. 37 amerikalik o‘ldirilgan. AQSh va Iroq bu voqeani xato oqibati deb tan olishgan;

1996 yil— O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni e’lon qilingan;

2006 yil— Saudiya Arabistoni hamda Kuvayt davlatlarida I.Karimovning «O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi» asrining arab tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tgan;

2006 yil—Xalqaro axborot jamiyati kuni birinchi marta nishonlangan.

Kiritildi: 22:33 17.05.2021. O'qildi: 4665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!