Ertaga juda ko‘p vaqtingizni fikrlashga sarflaysiz. O‘z oldingizga nafaqat professional, balki shaxs sifatida yangidan-yangi maqsadlar qo‘yasiz. Miyangizga kelib qolgan g‘oyalarni yaqin insonlaringiz bilan bo‘lishishga shoshilmang: yoki sizni noto‘g‘ri tushunishadi, yoki bahsli vaziyat yuzaga keladi. Matematik qobiliyatlaringiz yuzaga chiqishi kutilmoqda; bu xususiyat nafaqat o‘zini fanga bag‘ishlagan, olim odamlarga, balki ishi aniq hisob-kitobni talab qiladiganlarga ham taalluqli.
Sayohatlar ehtiyotkorlikni talab qiladi, biroq boshqa narsalarga ham qiziqib qolishingiz mumkin. Muloqot doirasini kengaytirmoqchi bo‘lib yurganlarga madaniy tadbirlarga ko‘proq borishni maslahat beramiz: u yerda sizni, albatta, payqashadi.