Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

(16+) Kamyob xastalikka chalingan bolaga “ilon” deb laqab qo‘yishdi (foto)

(16+) Kamyob xastalikka chalingan bolaga “ilon” deb laqab qo‘yishdi (foto)

Hindistonning Orissa shtatida yashovchi o‘n yashar bolaga kam uchraydigan kasallik tufayli ilon deb laqab qo‘yishdi.

Jagannatning butun tanasi po‘st tashlayotgan ilonnikiga o‘xshash qo‘pol va quruq teri bilan qoplangan. Ushbu davolab bo‘lmaydigan kasallikning sababi Lamellyar ixtioz xastaligidir. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bola har soatda cho‘milishi va kuniga bir necha marta terisini krem ​​bilan namlashi kerak, deydi “zakon.kz”.

Terisining g‘ayritabiiy quruqligi tufayli Jagannat harakatlanishga qiynaladi. Uning otasi Prabakar Pradan guruch dalasida ishlaydi va davolanish uchun pul to‘lay olmaydi.

“O‘g‘limga yordam beradigan pulim yo‘qligi sababli yuragim ezilib ketadi. U har kuni bu la’nati kasallikdan aziyat chekadi”, deydi ota.

Lamellyar ixtioz juda kam uchraydigan tug‘ma teri kasalligi bo‘lib, 600 ming kishidan birida uchraydi. Ushbu kasallikni davolab bo‘lmaydi, ammo dori-darmon va namlantiruvchi kremlar yordamida alomatlarni yengillashtirish mumkin.

Kiritildi: 22:30 16.01.2020. O'qildi: 5598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!