Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

1518 kishi qatl etildi: O‘lim jazosi qayta avj olmoqda

1518 kishi qatl etildi: O‘lim jazosi qayta avj olmoqda

Dunyoda o‘lim jazosini ijro etish soni 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi – Amnesty International.

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda dunyoning 15 mamlakatida kamida 1518 kishi qatl etilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga ko‘p va 2015 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Qayd etilgan qatllarning asosiy qismi Eron, Iroq va Saudiya Arabistoniga to‘g‘ri keladi. Hisobotda Xitoy, Shimoliy Koreya va Vetnamdagi minglab ehtimoliy o‘lim hukmlari hisobga olinmagan, ular haqidagi ma’lumotlar maxfiyligicha qolmoqda. Huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy dunyoda eng ko‘p inson qatl qilingan davlat bo‘lib qolmoqda.

Evropada Belarus o‘lim jazosini qo‘llaydigan yagona davlat hisoblanadi, biroq o‘limga hukm qilinganlar soni haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.

Kiritildi: 19:44 09.04.2025. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!