Gollandiya hukumati 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashni, ularning mobil qurilmalarda o‘tkazadigan vaqtini qat’iy cheklashni tavsiya qilmoqda.
Mamalakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardan doimiy foydalanish psixologik va fiziologik muammolarni, jumladan, uxlashda qiyinchilik, depressiya keltirib chiqaradi.
Boshqa bir qancha Yevropa davlatlari ham shunga o‘xshash qonun loyihalarini ko‘rib chiqmoqda. Yevropa Ittifoqining ba’zi mamlakatlarida o‘smirlar faqat ota-onalari roziligi bilan hisob yaratishlari mumkin.
Dunyoda hozirgacha o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlagan yagona davlat Avstraliya hisoblanadi. Qonun joriy yilning noyabr oyida kuchga kiradi.