Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.
“Tadbir doirasida faoliyat yuritayotgan barcha iqtisodiy birliklar xatlovdan o‘tkazilib, sub’ektlarning holati, tarkibi va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimotiga aniqlik kiritiladi”, - deyiladi majlis bayonotida.
Qayd etilishiga ko‘ra, Respublikada mehnat bilan band bo‘lgan 15,2 mln aholining 6,5 mlni (42%) daromadlari rasmiy hisobda to‘liq aks etmayapti. Ro‘yxatdan o‘tgan ko‘plab kichik va o‘rta biznes sub’ektlari amalda ishlamaydi yoki faoliyatini to‘xtatgan.
Mazkur holat halol ishlayotgan va soliq to‘layotgan korxonalar uchun nosog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda.