Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

14 avgust kuni O‘zbekiston va Rossiya futbol afsonalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi

14 avgust kuni O‘zbekiston va Rossiya futbol afsonalari o‘rtasida o‘yin o‘tkaziladi

14 avgust soat 19:00 da «Jar» stadionida 1979 yilgi aviahalokat qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab afsonaviy futbolchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvda Birodar Abduraimov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Ravshan Irmatov, Aleksandr Mirzoyan, Rinat Dasayev, Dmitriy Alyonichev, Valeriy Shmarov, Yegor Titov, Sergey Kiryakov kabi afsonalar ishtirok etadigan ushbu o‘yinga barcha futbol muxlislarini taklif etamiz. Kirish bepul.

Shuningdek, OAV vakillari uchun uchrashuv oldidan, soat 18:00 da matbuot anjumani ham o‘tkaziladi.

14 avgust | 18:00
«JAR» stadioni

Barchangizni ushbu muhim tadbirda kutib qolamiz.

Kiritildi: 15:27 13.08.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!