Joriy yilning 14-16 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
14 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15-16 mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha ko‘tariladi. (https://hydromet.uz/uz/node/6190)
14-15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.