Vatikandagi konklavning ikkinchi va uchinchi turlari samarasiz o‘tdi - u yerda yangi Rim Papasini saylay olishmadi.
Apostol saroyining Sikst kapellasi tomidagi mo‘ridan qora tutun ko‘tariladi.
7 may kuni ertalab katolik kardinallari Vatikanda yig‘ilib, yangi Rim papasiga ovoz berishdi. Jarayon 70 davlatdan 133 nafar saylovchi ishtirokida o‘tkazildi.