Bugun 27 sentyabr, 2022 yil, seshanba

КИР

11 yil qidiruvda bo‘lgan sirdaryolik vatan xoini Eronda qo‘lga olindi

11 yil qidiruvda bo‘lgan sirdaryolik vatan xoini Eronda qo‘lga olindi

11 yil qidiruvda bo‘lgan sirdaryolik vatan xoini Eronda qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Sanjarbek Rasulov "Aniq.uz"ga xabar berdi.

Sirdaryolik Olim Bosimov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) iymon yo‘liga kirib, diniy marosimlarni ado eta boshlaydi.

Ammo oradan yillar o‘tishi bilan unda chin e’tiqod o‘rnini aqidaparastlik g‘oyalari egallaydi. Aniqro­g‘i, u “Islomchi-jihodchilar” norasmiy tashkilotini tuzish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida sodir qilgan jinoyatlari uchun rasmiy qidiruvda bo‘lgan A.Mirzayevning O‘zbekiston hududida taqiqlangan va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalari yozilgan disklarni kontrabanda yo‘li bilan, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklarasiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklarasiyadan foydalanib Qozog‘iston Respublikasi hududidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan va jamoat a’zolari X.S. va boshqalarga tarqatgan.

Shu bilan, Olim Bosimov 2010 yilning yanvar oyidan boshlab, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari B.F., B.SH.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, ular bilan uyushgan guruhga birlashib O‘zbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan “Turkiston islom harakati” xalqaro terrorchilik tashkilotining Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida “Islomchi-jihodchilar” jamoatini tashkil etishib, ushbu “jamoat”ga tanish-bilishlarini jalb qilib, 2010 yilning yanvar oyidan 2011 yilning may oyiga qadar jamoat a’zolarining uylarida “gashtak”, “to‘y” va boshqa bahonasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarga rahbarlik qilib, o‘tkazilgan yig‘ilishlarda o‘zi tomonidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalari yozilgan disklarni jamoat a’zolariga tarqatib, sodir etayotgan harakatlarini xatarli oqibatlarini avvaldan tushungan bo‘lsa-da, ularga jihodchilik g‘oyalari bilan zaharlovchi, davlatni shariat qonunlari bilan boshqarish lozimligi, bunga erishishlik uchun faqatgina dunyoda “Xalifalik islomiy davlat” tuzish va davlatni “Xalifa” boshqarishligini tushuntiruvchi, vaziyatni beqarorlashtiruvchi, diniy ekstremizm, separatizim va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan fikrlarni hamda amaldagi Konstitusiyaviy tuzumni o‘zgartirishga qaratilgan ochiqdan ochiq da’vatlarni yetkazib kelgan hamda ushbu fikrlari bilan jamoat a’zolarining ongini zaharlab, diniy ekstremistik tashkilot “jamoati”ga rahbarlik qilib kelib, taqiqlangan materiallarini guruh a’zolariga tarqatgan.

Bundan tashqari, Olim Bosimov 2011 yil aprel oyida Rossiya Federasiyasining Moskva shahriga borib, 2011 yil may-iyun oylarida “Turkiston islom harakati” xalqaro terrorchilik tashkilotining Rossiya Federasiyasi Moskva shahridagi jamoatiga rahbarlik qilgan va dastlabki tergovda shaxsi aniqlanmagan “Xuzayfa” ismli shaxsning yordami bilan bilan Eron Islom Respublikasi hududlariga hijrat qilish maqsadida aylanma yo‘llar orqali Eron Islom Respublikasining Zoxidon shahriga o‘tgan.

Shu bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining harakatlari bilan Olim Bosimov qo‘lga olinib, mamlakatimizga olib kelindi.

Mazkur ish ochiq sudda ko‘rilib, Olim Bosimovga O‘zbekiston Respublikasi JK 159-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari, 223-moddasi 2-qismining ”b” bandi, 2441-moddasi 3-qismining “a” bandi, 2442-moddasining 1-qismi va 246-moddasining 1-qismi bilan JKning 59-moddasi tartibida 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, inson uchun Vatanida er­kin yashash, unga xizmat qilish, farzand o‘stirish va yaratganning ne’matlaridan bahramand or­tiq baxt bo‘lmasa kerak. Bu ne’­mat­larning qadriga yetmay, ularni sarobga almashtirib, Vatan xoiniga aylanib, naqd 11 yil vatangado bo‘lib yurgan Olim Bosimov umrining ko‘p qismini temir panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bunday ayanchli qismat boshqalar uchun saboq bo‘lishi zarur.

Kiritildi: 11:43 17.08.2022. O'qildi: 4579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!