Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

A A A
11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar:  milliy o‘zlik,  istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida  ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.

Tadbirning ikkinchi kunida — o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati (panel session) o‘tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.

Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komasu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi.

Batafsil ma’lumotni jadidconf.com saytidan olish, tadbirning ikkinchi kunida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


Kiritildi: 16:21 07.12.2023. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!