Kelasi hafta Ukraina va Rossiya o‘rtasida “1000 ga 1000” shaklida asirlar almashinuvi o‘tkazilishi kutilmoqda, bu urush boshlanganidan beri eng yirik almashinuv bo‘ladi — Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov.
Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni Istanbuldagi uchrashuvda Ukraina va Rossiya delegasiyalari “1000 ga 1000” formatida asirlar almashinuvini o‘tkazishga kelishuvgan edi.