Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

100 million dollarlik yirik uy tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

A A A
100 million dollarlik yirik uy tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

Yaqinda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Mirmuhsin Sultonov boshchiligidagi delegasiya Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘ldi. Ushbu amaliy safar Prezident Administrasiyasi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasidagi oliy darajadagi strategik kengashining uchinchi yig‘ilishiga samarali tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari bilan bog‘liqdir.

Mazkur safar davomida delegasiya “HOMETEX-2024” xalqaro yirik uy tekstil mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurib, qator turk kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. O‘z navbatida, mezbon tomonga mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati haqida ham ma’lumot berildi.

Ko‘rgazma doirasida “ZorluHolding” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 100 million dollar qiymatidagi yirik uy tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha muzokara olib borildi va kelishuvga erishildi.

"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, safar chog‘ida Istanbul shahrida to‘qimachilik investisiya forumini o‘tkazish maqsadida Istanbul to‘qimachilik va kiyim-kechak eksport qiluvchi uyushmasi va Turkiya eksportchilar assambleyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi va mazkur investisiya forumini birgalikda o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 14:42 27.05.2024. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!