Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

100 dan ortiq ukrain droni urib tushirildi

100 dan ortiq ukrain droni urib tushirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi 100 dan ortiq ukrain droni urib tushirilganini ma’lum qildi

"Soat 21:00 dan 04:00 gacha havo mudofaasi vositalari tomonidan Ukrainaning 105 ta droni yo‘q qilingan va to‘xtatilgan", deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxti tomon yo‘nalgan 19 ta dron urib tushirilgani haqida ma’lumot berdi. Qolgan dronlar Rossiyaning boshqa hududlarida yo‘q qilingan.

Dronlar hujumi vaqtida Moskva va boshqa shaharlardagi aeroportlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. “RBK” xabariga ko‘ra, 6 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning 13 ta aeroportida parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan. Gap Moskvaning to‘rtta aeroporti, shuningdek, Samara, Saratov, Volgograd, Kaluga, Ivanovo, Yaroslavl, Nijniy Novgorod, Qozon va Nijnekamsk aeroportlari haqida ketmoqda.

Kiritildi: 11:21 06.05.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!