Mualliflik huquqini buzgan ijrochilarning lisenziyalari bekor qilinishi mumkin.
Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlik tomonidan shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochilarga oid ma’lumotlarni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning lisenziyalarini bekor qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishni so‘radi.
Konsert tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ijrochilar tomonidan mualliflik va turdosh huquqlarni buzish holati lisenziya talablarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi, va bunday holatda lisenziyaning amal qilishi sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
"Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilib xabar bering", deyiladi xabarda.