Farmonga ko‘ra, respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi belgilandi.
2027 yil 1 yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun quyidagi miqdorlarda 1 martalik subsidiya ajratiladi:
I toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun –
10 mln so‘m;
II toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 7 mln so‘m;
III toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 5 mln so‘m.
2028 yil 1 yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yo‘nalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
2030 yil 1 yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda ko‘rgazmalarida targ‘ib qilinadi.
2025 yil 1 iyundan turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi.
2025 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi tashkil etiladi.