Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida kiberfiribgarlikda ayblanayotgan Umid Zohirjonov O‘zbekistonga deportasiya qilindi.
Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona deb xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan Zohirjonov Umid Dilshod o‘g‘li bir qator onlayn firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 dan ortiq fuqaroning mablag‘ini o‘zlashtirgan. U xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari so‘raladi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashiringan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil davom ettirilishi va «jinoyat uchun javobgarlik» tamoyili qat’iy ta’minlanadi.
Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari bo‘yicha Istanbuldagi Bosh konsulxonaga kelib tushayotgan murojaatlar ko‘paygani qayd etildi. Fuqarolar firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun hushyorlikka chaqirildi.