Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

1 noyabrdan alkogol mahsulotlari narxlari oshadi

1 noyabrdan alkogol mahsulotlari narxlari oshadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilanadi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, alkogol mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji sotish va chakana narxlari quyidagicha belgilangan:

Sotilayotgan tovarning nomi

Ishlab chiqaruvchi

korxonalarning eng kam ulgurji sotish narxi

Eng kam chakana narx

Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida

8 600

10 200

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida

31 000

36 600

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida

22 000

26 000

Loyihaga ko‘ra, qaror 2019 yil 1 noyabrdan kuchga kirishi belgilangan.

Kiritildi: 14:25 17.10.2019. O'qildi: 2454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!