450 mingdan ortiq G‘azo shahri aholisi Isroilning yirik hujumi oldidan shaharni tark etdi.
Bu raqamlar brifingda Isroil armiyasi rasmiy vakili Efi Defrin tomonidan keltirildi.
"Hozirda janubdan 450 mingdan ortiq aholi evakuasiya qilingani taxmin qilinmoqda”, — dedi u.
Harbiy vakilning ta’kidlashicha, evakuasiya ikkita koridor bo‘ylab olib borilmoqda, ulardan biri dengiz bo‘ylab o‘tadi. U, shuningdek, Falastinning Xamas harakatining qurolli radikallari tinch aholini G‘azodan evakuasiya qilishga to‘sqinlik qilishga urinayotganini da’vo qildi.
Harbiy harakatlar boshlanishidan oldin G‘azo shahrining aholisi 1 millionga teng edi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu 16 sentyabr kuni Isroil armiyasi qo‘shinlari G‘azo shahriga rejalashtirilgan keng ko‘lamli quruqlik hujumini boshlaganini tasdiqladi. Uning maqsadi shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va u yerda qolgan HAMAS qurolli kuchlarini mag‘lub etishdir.