Prezident farmoni bilan 1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1 maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
1 maydan bazaviy hisoblash miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mga, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga oshirildi.