Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

1 iyundan Cobalt va Lacetti narxlari oshadimi?

Avto A A A
1 iyundan Cobalt va Lacetti narxlari oshadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 iyundan boshlab UzAuto Motors Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim qilishi, Cobalt va Lacetti narxlari esa 20-23 ming dollardan boshlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

UzAuto Motors bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmaganligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas va yolg‘on.

"Turli sahifa egalarini odamlar e’tiborini tortish uchun ular qiziqqan yo‘nalishda biror bir faktga asoslanmagan axborotni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

Kompaniya va mahsulotlar narxi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali bilib olishingiz mumkin", deyiladi kompaniya xabarida.

Kiritildi: 14:07 17.05.2023. O'qildi: 2933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!