Angliya hukumati 1 iyundan boshlab Premyer-liga va boshqa turnirlarni davom ettirishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Manbada qayd etilishicha, sport musobaqalari davom ettirilishiga ruxsat etilgan bo‘lsa-da, tomoshabinlarning stadionga kirishiga ruxat berilmaydi. Muxlislar koronavirusga qarshi vaksina paydo bo‘lganidan keyin tribunalarga qaytishlari mumkin.
Oldinroq, APL rahbariyati joriy mavsumning davom ettirilish sanasini 12 iyun kunidan mo‘ljallayotgani haqida ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, Premyer-liga jamoalari tanaffusgacha 28-29 tadan o‘yinlar o‘tkazib bo‘lishgandi.