Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

1 dekabrdan sud majlislari telekanallar hamda Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi

A A A
1 dekabrdan sud majlislari telekanallar hamda Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi

1 dekabrdan sud majlislari telekanallar hamda Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi, bu xaqda AOKAda “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 1 dekabrdan quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatiladi:

  • Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno);

  • Taraflarning roziligi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari hamda jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi, aholi sog‘lig‘ini saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi, shu jumladan davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar, shuningdek, ayrim oilaviy nizolarga oid fuqarolik ishlar bo‘yicha sud majlislari (yopiq sud majlislari bundan mustasno).

  • Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi Qonuni loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Har yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi.

Mazkur Farmonda ko‘rsatilgan qoida va tartiblarning buzilishi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi sifatida baholanadi.

Kiritildi: 11:33 18.06.2021. O'qildi: 1600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!