Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

A A A
1-chorakda ikkilamchi uy-joylarni ipoteka asosida sotib olish uch barobardan ko‘proqqa ortdi

2023 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ipoteka bozori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,2 foizga o‘sdi, deyiladi Markaziy bank sharhida.

1 aprel holatiga ko‘ra, ipoteka kreditlari qoldig‘i 12 oy davomida 10,6 trln so‘mga ko‘payib, 37,6 trln so‘mdan 48,2 tlrn so‘mga (2022 yil yakunlari bo‘yicha 46,4 trln so‘m edi) o‘sdi. Bu aholiga berilgan barcha kreditlarning (109,4 trln so‘m) qariyb yarmi (44%) degani.

ikkilamchi bozor, ipoteka kreditlari, markaziy bank

Birinchi chorakda, garchi ipoteka oluvchilar soni o‘tgan yilning birinchi choragidagi qariyb 18 mingdan 15,1 ming nafarga (shartnomalar umumiy sonidan 25 foizi) kamaygan bo‘lsa ham, banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari hajmi qariyb 3,26 trln so‘mni (+15,3 foiz) tashkil etdi. Shu bilan birga, kvartiralarni sotish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 55,2 mingtadan qariyb 61,6 mingtaga (+11,5%) oshdi.

E’tiborlisi, birinchi chorakda ipoteka kreditlari asosan — 1,22 trln so‘mi — ikkilamchi bozorda uy-joy sotib olish uchun olingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,3 barobar ko‘pdir. Yangi binolardan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlari hajmi 2,46 trln so‘mdan 2,03 trln so‘mga (-17,3 foiz) kamaydi.

Ipoteka kreditlarining 1 trln so‘mdan ziyodrog‘i so‘mi (58 foizi) 1 va 2 xonali kvartira, 576,5 mlrd so‘mi

esa (33 foizi) 3 va undan ko‘p xonali kvartiralarni, shuningdek, 159 mlrd so‘mi (9 foizi) yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun berilgan.

Ipoteka kreditlarini berish asosan davlat tomonidan moliyalashtirildi — 1,73 trln so‘m (+7,8%). Banklar tomonidan ipoteka kreditlariga investisiyalar hajmini oshirish davom etmoqda — 764 mlrd so‘m.

Davlat tomonidan ham moliyalashtiriladigan «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» (UzMRC) hisobidan 521,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi, bu 2022 yilning birinchi choragiga nisbatan 12,8 barobar ko‘pdir. Keskin o‘sish o‘tgan yil boshida ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabning yuqoriligi va OTB mablag‘larining bir yil avval 150 mln dollarga o‘zlashtirilishi tufayli UzMRC kreditlarni qayta moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygani bilan bog‘liq.

Kiritildi: 10:57 15.05.2023. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!