Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

1 avgustga qadar har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi

1 avgustga qadar har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi


Hukumatning “Respublika oliy ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, “oliy ta’lim tashkiloti brendi”ni yaratish hamda talabalarning kiyinish madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, joriy yil 1 avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotlarining o‘ziga xos brendini shakllantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar ishlab chiqish belgilangan.

Bunda, har bir oliy ta’lim tashkiloti xususiyati, ilmiy va ta’lim sohasidagi yutuqlari, innovasion yo‘nalishlaridan kelib chiqib oliy ta’lim tashkiloti logotipi va vizual identifikasiyasini (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) yaratadi.

Oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchi, xodim va talabalari o‘rtasida ta’lim tashkiloti brendiga daxldorlik hissi shakllantiriladi, ularda tashkilot qadriyatlari, an’analariga amal qilishini kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tashkil etiladi.

Har bir oliy ta’lim tashkiloti o‘z brendi aks ettirilgan (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) buyumlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda oliy ta’lim tashkilotining o‘zida ularning savdo shoxobchalarini tashkil etadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarining muvaffaqiyatli bitiruvchilari, taniqli professor-o‘qituvchilari, tarixiy yutuqlar haqida hikoya qiluvchi kontentlar hamda filmlar yaratiladi.

Kiritildi: 10:32 16.05.2025. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!