Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

1 avgustdan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi

1 avgustdan yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi

O‘zbekistonda 1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshiriladi. O‘z navbatida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshmoqda:

• xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima - 206 ming so‘m (hozirda 187,5 ming so‘m);

• dori qutisi, nimcha, o‘t o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganlik uchun jarima - 206 ming so‘m (hozir 187,5 ming so‘m);

• yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik, piyodalar yo‘lakchasida harakatlanish uchun jarima - 206 ming so‘m (hozir 187,5 ming so‘m);

Hujjatsiz yurganlik uchun jarima - 412 ming so‘m (hozir 375 ming so‘m);

• sug‘urtasiz yurganlik uchun jarima - 412 ming so‘m (hozir 375 ming so‘m);

qizil chiroqda yurganlik uchun jarima - 824 ming so‘m (hozir 750 ming so‘m);

• belgilanmagan joyda to‘xtash uchun jarima - 824 ming so‘m (hozir 750 ming so‘m);

• rulda telefondan foydalanganlik va gaplashganlik uchun jarima - 1 mln 236 ming so‘m (hozirda 1 mln 125 ming so‘m);

• raqamsiz yurganlik uchun jarima - 2 mln 60 ming so‘m (hozir 1 mln 875 ming so‘m);

20 km/soatgacha tezlikni oshirganlik uchun jarima - 412 ming so‘m (hozir 375 ming so‘m);

• tezlikni soatiga 20 kilometrdan 40 kilometrgacha oshirganlik uchun jarima - 2 mln 60 ming so‘m (hozir 1 mln 875 ming so‘m);

• tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirganlik uchun jarima - 3 mln 708 ming so‘m (hozirda 3 mln 375 ming so‘m);

• qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqish uchun jarima - 4 mln 120 ming so‘m (hozir 3 mln 750 ming so‘m);

• mastlik holatida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarima - 6 mln 180 ming so‘m va 3 yilgacha huquqdan mahrum qilish (hozirda 5 mln 625 ming so‘m);

• mast holda transport vositasini boshqarish uchun jarima - 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha huquqdan mahrum qilish (hozirda 9 mln 375 ming so‘m).

Kiritildi: 13:05 03.06.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!