Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi

1,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan oshxona fosh etildi

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi “CH.Z.” oilaviy korxonasi ish boshqaruvchisi oshxonani elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab, jami 1 mlrd 523 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarardan 550 mln so‘mini qoplanishi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!