Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransportlar xarid qilinadi

1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransportlar xarid qilinadi

“Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5129-son, 27.05.2021 y.) qabul qilindi

📝 Qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasining maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

🔰 Unga ko‘ra, jumladan:

➖ Xalqaro standartlarga javob beruvchi 7 ta Milliy referens laboratoriya yaratiladi;

➖ Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 17 ming 554 nafar xodimning malakasi oshiriladi;

➖ 475 ta sanitariya-epidemiologiya xazmati muassasalari rekonstruksiya qilinadi, kapital ta’mirlanadi va jihozlanadi;

➖ COVID-19 infeksiyasini aniqlash uchun test hajmi amaldagi ko‘rsatkichga nisbatan ko‘paytirilib, 500 mingta test sinovlari o‘tkaziladi;

➖ respublikada tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 2021 yil 1 oktyabrga qadar 1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalari xarid qilinadi.

Kiritildi: 18:16 27.05.2021. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!