Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Koronavirusni yuqtirishning yangi usuli aytildi

A A A
Koronavirusni yuqtirishning yangi usuli aytildi

Gollandiyalik olimlar koronavirus infeksiyasi iflos qo‘llar orqali yuqishi mumkinligi aniqladi. Ularning tadqiqotlari natijalari “Eurekalert” nashrida e’lon qilingan.

Virus faolligini o‘rganish Rotterdamdagi Erazmus universiteti tibbiy markazi, Maastrixt universiteti va Gollandiyadagi Xobrecht instituti xodimlari tomonidan olib borilmoqda. Mutaxassislar ichak hujayralari virusni ko‘paytirish uchun qulay muhit ekanligini aniqladi. Ya’ni  bemorlardagi ko‘ngil aynish va diareya COVID-19 kasallikligining alomatlaridir.

Yuqoridagi fikrlar mutaxassislarga koronavirusni odamdan odamga nafaqat havo tomchilari orqali, balki iflos qo‘llar orqali yuqishi mumkinligi haqida bahslashishga imkon beradi.

Avvalroq, koronavirusning yangi belgilari qo‘llarda va qorinlarda toshma paydo bo‘lishi haqida Kommunarka shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenko ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 21:23 02.05.2020. O'qildi: 6449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!