Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqand, Namangan va Termizda yuridik fakultetlar ochiladi​​​​​​​

A A A
Samarqand, Namangan va Termizda yuridik fakultetlar ochiladi​​​​​​​

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev yuridik ta’limni takomillashtirishga oid farmonni imzolagan. Farmonga binoan:

– Toshkent davlat yuridik universiteti «yurisprudensiya» mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilandi;

– Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi va ularga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvotalarga qabul qilish huquqi beriladi;

– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tashkil etiladi;

– TDYUUda Xalqaro va qiyosiy huquq fakulteti tashkil etiladi;

– 2020 yilda TDYUUda Germaniyaning Regensburg universiteti bilan hamkorlikda Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

Kiritildi: 21:30 29.04.2020. O'qildi: 7320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!