Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Andijonlik o‘quvchi telegramda kanal ochib, uyatsiz videolar joylab borgani ma’lum bo‘ldi

Andijonlik o‘quvchi telegramda kanal ochib, uyatsiz videolar joylab borgani ma’lum bo‘ldi

Telegram’da shaxsiy kanal ochib, axloqsiz materiallar tarqatgan 19 yoshli kollej o‘quvchisi jarimaga tortildi. Bu haqda «Daryo»ga Marhamat tumani Ma’muriy sudi ma’lum qilmoqda.

Sudya Akmaljon Alijonovning aytishicha, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro J.A. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi kanal ochib, 25 dan ortiq pornografik mazmundagi rasm va video joylagan. Bundan tashqari kanalda ayollar ismini yozib, o‘zgalar telefon raqamini ommaga tarqatgan. Shuningdek, o‘ziga notanish bo‘lgan M.T.ni «engil tabiatli ayol» deb haqorat qilgan.

Sud J.A. ishini ko‘rib chiqib, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) hamda 189-moddasida (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) ayblagan va 1 million 115 ming so‘m jarima jazosini tayinlagan.

Huquqbuzarga tegishli telefon xotirasidagi pornografik materiallar o‘chirilib, musodara qilingan.

Kiritildi: 13:59 28.04.2020. O'qildi: 11664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!