Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
❓May oyida turmush o‘rtog‘im ko‘zi yorishi kerak edi va reja bo‘yicha Respublika perinatal markaziga (SamPI) borishimiz kerak edi. Hozirgi payitda RPM karantinga yopilgan bo‘lsa, biz qayerga borishimiz mumkin?
❗️Haqiqatan ham hozirgi paytda RPM karantinga yopilagan va homilador ayollarni qabul qilayetgani yo‘q. Lekin sizning turmush o‘rtog‘ingizning ko‘zi yorish payti kelguncha RPM ochilishi ham mumkin. Agar bu markazda karatin davom etadigan bo‘lsa, siz Shahar perinatal markaziga yoki turar joyingizga qarashli tug‘uruk kompleksiga hech qanday muammosiz murojaat qilishingiz mumkin.