Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Belfastda migrantlarga qarshi ommaviy tartibsizliklar avj olmoqda

Belfastda migrantlarga qarshi ommaviy tartibsizliklar avj olmoqda

Hodisa mahalliy aholiga qilingan hujum natijasida kelib chiqqan va aybdor sudanlik erkak bo‘lgan. U erkakni yiqitib, ustiga chiqib, bo‘ynini kesib tashlashga harakat qilgan. Hodisa videosi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgandan so‘ng, namoyishchilar ko‘chalarga chiqishdi.

Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan, avtomobillar va jamoat transportiga o‘t qo‘yishmoqda, etnik ozchiliklarga tegishli uylar va bizneslarga hujum qilishmoqda.

Hukumat shaharga qo‘shimcha polisiya kuchlarini joylashtirdi va zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Angliyada sudanlik muhojir britaniyalikning boshini kesishga uringan. Hujumchiga qotillik qilishga urinishda ayblov qo‘yildi va u hibsga olingan.

Jabrlanuvchi shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgan

Kiritildi: 15:11 10.06.2026. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!