Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimi voyaga yetmagan qizlarni tog‘li hududga olib borib, ularga tegajog‘lik qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Qizning qarindoshlari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 28 aprel kuni kechda Ohangaron shahrida sodir bo‘lgan.

“27 aprel kuni soat 21:00 larda dugonalarim bilan uy oldidagi o‘rindiqda o‘tirgandik. Oldimizga Spark kelib to‘xtadi va mashinaga o‘tirishimizni aytdi. Men rad etdim. Lekin u qo‘pol ravishda o‘tirishimni buyurdi. Uni ichki ishlar xodimi, menga hech narsa qilmaydi deb o‘ylagandim”, degan qiz.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shundan so‘ng xodim ularni “allaqanday tog‘li hududga” olib borgan. Keyin mashinani to‘xtatib, ularga shilqimlik qila boshlagan. Shundan so‘ng qizlardan birining akasi geolokasiya orqali o‘sha yerga yetib borgan.

Qizning akasi avtomobilning davlat raqami 10 R077MB bo‘lganini, rulda esa PPX xodimi o‘tirganini aytgan.

“PPX xodimi 14 yoshli singlim bilan tungi soat 1:00 da tog‘da, mashina ichida bo‘lgan. Nima bilan shug‘ullanganini bilmayman. Yordam berishingizni, bu voqeani keng ommaga yoyishingizni so‘rayman. Bu aqlga sig‘maydigan holat”, degan u.

Shuningdek, qizning akasi video va telefon suhbatini yozib olganini, erkak unga tahdid qilayotganini bildirgan.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, tarqalgan xabarlar yuzasidan IIV O‘z xavfsizligi bo‘linmasi hamda prokuratura tomonidan birgalikda tekshiruv olib borilmoqda.

“Voqea ishtirokchilari va tafsilotlari aniqlangan. Xodim xizmat vazifasini bajarishdan chetlatilgan. Bayon etilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda, uning xatti-harakatlariga qat’iy huquqiy baho beriladi. Hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha chora ko‘riladi”, deyiladi munosabatda.

Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirildi. Shuningdek, departament fuqarolardan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘ragan.

Kiritildi: 11:50 29.04.2026. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!