Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining Hormuz bo‘g‘ozida tijorat yuklarini himoya qilish bo‘yicha davlatlarni muvofiqlashtirishga chaqiruvchi rezolyusiya loyihasiga veto qo‘ydi.
Reuters agentligining xabar berishicha, Bahrayn hujjatni ovozga qo‘ydi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan 11 nafari tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Rossiya va Xitoy qarshi ovoz berdi, ikkitasi esa betaraf qoldi.
Xabarlarga ko‘ra, Moskva va Pekin rezolyusiya matnini Eronga qarshi tarafkashlik deb hisoblagan.
AQShning BMTdagi doimiy vakili ovoz berish natijalarini sharhlab, "mas’uliyatli davlatlarni" Vashingtonning bo‘g‘ozda yuk tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlariga qo‘shilishga chaqirdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berish AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi keskin bayonotlari fonida o‘tkazildi.